
Mening ismim Abdulxayev Xurshid, men Dasturchiman Internet va bir nechta ijtimoiy tarmoqlarda sxnpaii taxallusi bilan mavjudman. O'zbekistonning Jizzax viloyati, Zomin tumanida tug'ilib o'sganman. Xozir qayerdaligimni bilsangiz demak baxtli insonsiz )
2021-chi yil Dekabr oyidan beri Dasturlashni o'rganib kelaman. Asosan ishlab chiqish (development)da kod yozaman. Startup yoki shunga o'xshash foydalanuvchisi mavhum bo'lgan hamda riskga asoslangan loyihalarda qatnashmaslikga xarakat qilaman.
Fikrlarimni va hayotimni yozma bayon etishni, muammo va buglarni chizib xal qilishni ma'qul ko'raman va yaxshi ko'raman. Hobbiyim nimadirni yozish, tasvirlash va fikr bildirish.
Ba'zida syujetli open world video o'yinlar o'ynayman eng yoqadiganlari Cyberpunk 2077 va Ghost of Tsushima. Shaxsiy rivojanish va psixologiya, dramatik romanlar yoki hikoyalar, avtobiografiya janridagi kitoblarni o'qib turaman. Yapon tili, ta'rixi, qadriyatlari va muhandisligini yoqtiraman va o'rganaman. O'zbek tili va o'zbek millati xaqida positiv fikr o'yg'otishga xarakat qilaman.
Agar men haqimda ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz yozuvlarni o'qib ko'ring, yoqsa shaxsiy profillarda yoki kommentda fikringizni bildiring. Va albatta bu uchun sizni majburlash niyatim yo'q, xolisona amal o'zingizdan bo'lsin )
19-Mart 2025-yil, 04:02.