Yil Sarhisobi - 2025

Hayotimiz davom etar ekan, hayot kitobimiz sahifalarida yana bir yangi bet 2026 yil ochildi. Kimdur buni kitob, kimdur esa daftar deya o'z tasavvurida shakllantirgan.
Inson uchun eng foydali amallardan biri o'zini o'zi isloh qilish uchun eng katta "mashq" - yil sarhisobini mening talqinimda sizlar bilan bo'lishsam.

cover image

1-yanvar, 2026-yil. Zomin, Uyda. 18:56

Avvalambor kirib kelgan yangi 2026-yil bilan tabriklayman!

Hayotimiz davom etar ekan, hayot kitobimiz sahifalarida yana bir yangi bet 2026 yil ochildi. Kimdur buni kitob, kimdur esa daftar deya o'z tasavvurida shakllantirgan.
Inson uchun eng foydali amallardan biri o'zini o'zi isloh qilish uchun eng katta "mashq" - yil sarhisobini mening talqinimda sizlar bilan bo'lishsam.

2025 karyerada
2025-yil men Frontend Dasturlashdagi faoliyatimni davom etdirdim.
Yil boshidan to Avgust oyigacha Astrumning Astradevs jamoasida ishlab, Oktyabr oyidan ITF Group kompaniyasida ishlab kelmoqdaman.
2ta uzoq muddatli loyihani 0dan qurdim, 2ta loyiha ishlab chiqishida ishtirok va bir nechta xar xil hajmdagi loyihalarning atrofida maslahatlashdik.
Xarita bilan ishlash, real vaqt rejimida ma'lumotlarni ko'rsatish, analitika uchun chartlarni o'zida mujassam qilgan boshqaruv panellarini qurdim.

Frontend dasturlashga oid o'rganishlar ham to'xtab qolmadi. Vuejs framework va Pinia, Jotai, Redux Toolkit kabi State Management kutubxonalarini o'rganib loyihalarda qo'lladim. RTK Query hamda Tanstack React Query kabi API chaqiruvlar uchun instrumentlar bilan ham shunday xolat. Real vaqt rejimida ishlash bo'yicha esa SocketIO kutubxonasi va Websocket protokolini o'rgadim va loyihada qo'lladim. Undan tashqari yil oxirida yana bir chelenj FSD metodologiyasini o'rgandim, xozirda uni joriy ishlab kelayotgan loyihamga qo'llash jarayonidaman.

Jamoaviy ishlash bo'yisha loyiha boshqaruviga oid boshqa bilimlarni chuqurlashtirdim. Qolaversa Kod manbasini Git boshqarish bo'yicha jamoada mo'jaz hissamni qo'shdim.

2025 Ijodda
Ortta qolgan yilda Ijodda ham yetarli o'zgarishlar bo'ldi.
Surrealism, Pictures kabi bir mavzu va formatdagi postlar to'plami paydo bo'ldi.
52 dan ortiq bir xil formatdagi postlar.

O'tgan 2024-yilga qaraganda postlar kayfiyati atrofga emas muallifning o'zini o'zi isloh qilishi bilan bog'liq. Bundan tashqari postlar mavzusi real hayotga munosabat emas balki muallifning o'z hayolot dunyosiga tayangan xolda yozilgan. Misol tariqasida Surrealism postlar to'plamini aytishimiz mumkin.

Kitob mutolaasi borasida natijalar qoniqarsiz nazarimda, bor yo'gi 1ta tugallangan kitob va 2ta oxiriga yetmagan kitoblar.
Kitob mutolaasi mavzusida eng yirik yangilik bu "Kitobdan oziqlanish" kitob o'qish usuli bo'ldi. Uni darxol o'rganganimdanoq o'qib turgan kitobimga qo'lladim

2025 shaxsiy hayotda
Shaxsiy hayotda ham bir muncha o'zgarishlar bo'ldi. Odamlar bilan konfliktlar yoki aksincha, yangi insonlar bilan tanishuvlar o'tajak yilga turfa xillik bahsh etdi.

Karyera bilan bog'liq bo'lgan 3 oylik bo'shliq, Oktyabr oyida boshlangan mutlaqo yangi muhit va yangi insonlar bilan tanishuvlar 2025 yilda shaxsiy hayotimdagi eng katta burilishlardan desam bo'ladi. Shaxsiy hayot tajribasi uchun voqealar anchayin ko'p va saboqli bo'ldi.

Inson uchun eng muhim ta'riflab bo'lmas katta yutuq ham shu yilda bo'lganidan ham xursand bo'ldim.

O'qigan kitob ichida sayr qildim. Bu hissiyotni faqat his qilib tanishish mumkin, ulashib bo'lmaydi.

Hech bo'lmasa xarakat qildim...
Xoxlaymizmi yo'qmi inson hayotida muvafaqqiyatdan ko'ra uning ortidagi qiyin damlar va tuzalmas xatolar ko'p.

Yaponiya orzusi. Men va men birga bo'lgan insonlar ham o'z orzusini amalga oshira olmadi, Yaponiyaga uchib ketmadik. 3dan ortiq Yapon kompaniyalari bir sabab bilan bizni maqtab maqtab rad javobini berishdi. Sababi esa qaror qilishdagi strategik xato. Men buni yomonlamayman va bu xaqida muhokama qilishni ham xoxlamayman, chunki hammamiz ham inson va xoxlaymiz yo'qmi xato qilamiz. Umid uzilgan bo'lsada biz xarakatdan to'xtaganimiz yo'q, biroq hamma o'z yo'li bilan mustaqil davom etmoqda.

JDUda oliy ta'lim. Bu ham Yaponiya orzusi yo'lidagi bir parcha. Men buni qiyin onlar yoki afsuslanmayman, shunchaki kutilmalar reallikdan farq qildi.

Prinsipial kelishmovchilik. Astradevsni men o'zim xoxlamagan vaziyatdan va o'zim xoxlamagan voqealar bilan jamoadagi loyihalarni tark etdim. Jamoa bilan aloqalar oz bo'lsada ushlanib qolingan va hammasi tasvirlanganchalik yomon emas. Boya aytganimizdek inson xato qilishga xaqli va men uchun bu katta saboq bo'ldi, o'z xatoimdan ko'p narsa o'rgandim.

Shunchaki yutuqlar yoki o'zgarishlar
Aprel oyida Yapon tilidan NAT-TESTdan N4 darajasini oldim. Xozircha ishlatmagan bo'lsamda buning yo'lida yaxshigina qiyinchilik bo'ldi men uchun.

O'zim xoxlagan ish vaqti va muhit o'zgarishi. Garchi sog'liq uchun zarari bo'lsada ish sifati, karyera va miyyaning mo'tadil faoliyati uchun qulay vaqt.

To'liq moliyaviy mustaqillik. Bu har bir inson uchun muhim voqea.

Xulosa
2025-yil o'ziga yarasha qiyinchiliklari va yorug' kunlari bilan esda qolarli bo'ldi. Boshqa yillarga qaraganda serma'no, voqealarga boy, hayot tajirbasini oshiruvchi yil sifatida mening xotiramdan joy oladi.
Qisqa qilib aytganda 2025 yil men uchun pastdan tepaga yuqori tezlikda otilib chiqqan tramplin.

21:38

#life #yil_sarhisobi #career #feelings #changes

Mavzular:#life#yil_sarhisobi#career#feelings#changes

1 Yanvar 2026, Payshanba 17:15